Huawei 1
Bugundan Qonunchilik palatasi va Senati majlislari telekanallar va internet orqali jonli efirga uzatiladi

Bugundan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati majlislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalari telekanallar, shuningdek, Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatiladi. Bu haqda Prezident farmoni imzolandi.

Farmon bilan, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Agentlik:

-  O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini yoritishga oid maqolalar va teleko‘rsatuvlarni tashkil etiladi;

Manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda 2021 yil 1 dekabrdan boshlab quyidagi tadbirlar telekanallar, shuningdek, Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilishini ta’minlanadi:

- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati majlislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalari (yopiq majlislar bundan mustasno);

- taraflarning roziligi bilan fuqarolar huquq va erkinliklari hamda jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi, aholi sog‘lig‘ini saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi, shu jumladan davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga oid ishlar, shuningdek, ayrim oilaviy nizolarga oid fuqarolik ishlari bo‘yicha sud majlislari (yopiq sud majlislari bundan mustasno).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72010 | Инструменты