Huawei 2
Bugungdan boshlab koronavirus mavzusidagi brifinglar UZREPORT TV da surdo tarjima bilan namoyish etilmoqda

Bugungi kundan boshlab, UZREPORT TV telekanalida koronavirus mavzusida turli sohalar rahbarlari va mutaxassislar ishtirokidagi brifinglar surdo tarjima bilan namoyish etila boshlandi.

Ushbu yangilik BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda joriy etildi.

Endilikda imkoniyati cheklangan insonlar ham koronavirus tarqalishining oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risidagi vazirliklar va idoralar xodimlarining bayonotlarini kuzatish, shuningdek, tomoshabinlarning umumiy savollariga javob olish imkoniga ega bo'ldilar.

Surdo tarjima anchadan buyon telekanalning yangiliklar dasturida ishlatilayotganini ham ta'kidlash zarur. Eshitish imkoniyati cheklangan odamlar so'nggi voqealar haqida UZREPORT TVning kechki dasturlari orqali xabardor bo‘lishlari mumkin.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga