Huawei 1
Buxoroda 1 tup daraxt kesgan fuqaro 100 tup daraxt ekadigan bo‘ldi

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, fuqaro J.Sh. o‘zi yashaydigan mahalla hududidan 1 tup manzarali daraxtni qurigan deb, o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagan. 

Ushbu holat yuzasidan daraxtni kesgan fuqaroning  mahalladoshlari Jondor tuman inspeksiyasi inspektorlariga qo‘ng‘iroq qilib, murojaat qoldirgan.

Murojaatni olgan tuman inspektorlari aytilgan manzilga borib, qurigan deb  kesilgan daraxtni  maxsus o‘lchovchi asbob (vlagamer) yordamida o‘lchaganda daraxt qurimagani aniqlangan.

Huquqbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan 9 million 180 ming so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.

Shuningdek, 1 tup daraxt o‘rniga kuz mavsumida 100 tup manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish hamda 3 yil parvarish qilish bo‘yicha  kafolat xati olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 83115 | Инструменты