Ekologik qonun buzilishlarini oldini olish maqsadida inspektorlar tomonidan viloyat hududi bo’ylab tungi va kunduzgi nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Ammo shunga qaramasdan G’ijduvon tumani "Qaraxoni" MFYda fuqaro J. T. o’zi istiqomat qiladigan mahalla hududidan 5 tup manzarali terak daraxtini oʻzboshimchalik bilan kesib tashlaganligi tuman inspektorlari tomonidan reyd tadbiri davomida aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan 9 375 000 soʻm jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 9 000 000 so’m hisoblandi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Samarqandda daraxt kesgan fuqaro 75 mln so‘m jarima to'laydigan bo'lgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22720 | Инструменты