Huawei 1
Buxoroda o‘qituvchi telefon o‘ynab o‘tirgan sinfda o‘quvchilar mushtlashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi maktablardan birida o‘qituvchi sinfda telefon o‘ynab o‘tirgan paytda o‘quvchilar janjallashgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, ushbu holat joriy yilning 14 sentyabr kuni Shofirkon tumanidagi 13-ixtisoslashtirilgan maktabdagi o‘quv jarayonida 8-sinf o‘quvchilari va tarix fani o‘qituvchisi G.J ishtirokida yuz bergan.

Videoda o‘qituvchi darsda telefondan foydalanayotgan paytda orqa partadagi ikki bola mushtlashgani tasvirlangan. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilar yoniga borgan va ularning birining yuziga tarsaki tushirgan.

“Pedagogik talablarni qo‘pol ravishda buzganligi uchun o‘qituvchiga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121300 | Инструменты