Huawei 1
Dam olish kunlari uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 27 sentyabrda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 29 sentyabrda kechga tomon baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

27−29 sentyabr kunlari harorat kechalari +7…+12 daraja, kunduz kunlari 27 sentyabrda +20…+25, 28 sentyabrda +22…+27, 29 sentyabrda +24…+29 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7−12 m/s tezikda esadi, baʼzi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +9…+12, kunduz kunlari +25…+28 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92800 | Инструменты