“O'zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta'minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi qonun (O'RQ-1037-son, 25.02.2025 y.) qabul qilindi.
Konsepsiyaga ko'ra, O'zbekistonda diniy sohadagi davlat siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat, jumladan:
- jinsi, irqi, millati, tili, dini, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, fuqarolarning erkinligini va qonun oldida tengligini ta'minlash hamda konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rish;
- ko'p millatli va ko'pkonfessiyali O'zbekiston xalqining birligi va birdamligini, urf-odatlariga nisbatan hurmat ruhini mustahkamlash, ularning rivojlanishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish;
- fuqarolarning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi uchun teng huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
- fuqarolarning dinga munosabatidan qat'i nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'ymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bo'lgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
- davlat o'zining ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishida konstitusiyaviy normalarga muvofiq dunyoviylikka tayanish;
- jamiyatda diniy bag'rikenglik va qonuniylikni qaror toptirish borasida fuqarolarning faol fuqarolik pozisiyasini mustahkamlash bo'yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22717 | Инструменты