Huawei 1
Endi bog‘cha tarbiyachilari ham vazir jamg‘armasidan ustama olishi mumkin

Endi bog‘cha tarbiyachilari ham vazir jamg‘armasidan ustama olishi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qarorida so‘z boradi.

Qarorga ko‘ra, endilikda vazir jamg‘armasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar ro‘yxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi. Sinovlarda barcha fan o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkin.

Avval MTT tarbiyachilari ustama olishga da’vogarlik qila olmasdi, endi ular ham sinovlarda ishtirok etib, ustama olishi mumkin.

Shuningdek, pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishining tartibi tasdiqlangan. Unga ko‘ra, malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib (ikkala bosqichda), oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan pedagoglarga beriladi.

Bundan tashqari, endi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarga navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichi (mutaxassislik fani va kasb standarti) bo‘yicha malaka sinovidan ozod qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22800 | Инструменты