Huawei 2
Endilikda “suyunchi puli” bank plastik kartasiga ham oʻtkazib beriladi

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimida farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa toʻlovini (“suyunchi puli”) ota-onadan birining bank plastik kartasiga ixtiyoriylik asosida oʻtkazib berish imkoniyati yaratildi.  Bu haqda agentlik axborot xizmati maʼlum qildi.

Bunda, FHDYO boʻlimining masʼul xodimi ota yoki onaning xohishiga asosan faol holatda boʻlgan bank plastik kartasini maxsus belgi orqali tanlaydi va bir martalik toʻlovni bank plastik kartasiga yoʻnaltiradi.

Xalq banki tomonidan “suyunchi puli” qisqa muddatda fuqaroning bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

Izohlar: 5
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga