Huawei 1
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Soliq va Bojxona qo‘mitalari tomonidan ochiq e’lon qilingan ma’lumotlar asosida soliq to‘lovchilarning 2024 yil 1 yarim yillik yakuni bo‘yicha soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanish holatlarini tahlil qildi.

Unga ko'ra, 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha foydalanilgan umumiy soliq va bojxona imtiyozlari jami 63,4 trln so‘mni tashkil etgan (2023 yilda 127,1 trln so‘m).

Jumladan:

Bojxona imtiyozlari (bojxoni yig‘imi, boji, aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘i)dan 10 454 ta korxona foydalangan bo‘lib, qo‘llanilgan jami imtiyoz summasi 24,4 trln so’mni tashkil etadi, shundan:

- davlat ahamiyatiga molik loyihalar bo‘yicha qo‘llanilgan bojxona imtiyozlari 4,9 trln so‘mni;

- jismoniy shaxslar tomonidan 91,3 mlrd so‘m;

- chet el vakolatxonalari va personallari tomonidan foydalanilgan imtiyozlar 49,1 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, 63 ta chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari tomonidan 843,6 mlrd so‘mlik bojxona imtiyozlaridan foydalanilgan.

Soliq imtiyozlaridan 132 059 ta tashkilot foydalangan, qo‘llanilgan jami imtiyoz summasi 39 trln so‘mni, qo‘llanilgan soliq imtiyozlarining 82,2 foizi yoki 32,1 trln so‘mi qo‘shilgan qiymat solig‘i (16 trln so‘mi QQSdan nol darajali stavka) hisobiga to‘g‘ri keladi.

Soliq imtiyozlaridan foydalangan tashkilotlar soni imtiyoz summasi kesimida:

- 1 mlrd so‘mgacha – 129 460 ta;
- 1-100 mlrd so‘mgacha – 2 560 ta;
- 100 mlrd–1 trln so‘mgacha - 36 ta;
- 1 trln so‘mdan ortiq - 3 ta.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92714 | Инструменты