Farg'onada ayol poyezd yo'lagidan o'tayotgan 7 yoshli bolani qutqarib, o'zi vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov "Uzreport.news" muxbiri so'roviga asosan ma'lum qildi.
Joriy yil 2-iyun kuni soat 10:40 larda “Andijon-Xiva” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi “Oxunboboyev-Marg‘ilon” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida xarakatlanib ketayotgan bo'lgan.
Shu vaqta Farg‘ona shahar, “Xo‘jamag‘iz” MFYda yashagan, 32 yoshli, oilali, 3 nafar farzandning onasi (maktabda farrosh bo'lib ishlagan) M.D temir yo‘ldagi piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘zi bilan birga ketayotgan, Marg‘ilon shahrida yashovchi 7 yoshli U.N ni poyezd yaqinlashganini ko'rib olib qochmoqchi bo'lgan.
Ya'ni yaqinlashib kelayotgan poyezdni ko‘rib, bolani yelkasidan turtib chetga chiqarib yuborgan. Afsuski, ayol o‘zi poyezddan qochishga ulgurmagan va natijada poyezd urib yuborishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan xozirda Farg‘ona transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120300 | Инструменты