Huawei 1
Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi

“Fazoviy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–702-son, 23.07.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi

Qonunga muvofiq, fazoviy ma’lumotlar fazoviy obyektlar to‘g‘risidagi, ularning joylashuvi, shakli, xossalari xaqidagi ma’lumotlardan iborat.

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi fazoviy ma’lumotlar sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirishga doir faoliyatning muvofiqlashtirish maqsadida Kadastr agentligi huzurida Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.

Fazoviy ma’lumotlar bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlarga bo‘linadi.

Fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlar davlat organlariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun – beg‘araz asosda, boshqa foydalanuvchilarga esa – Kadastr agentligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan miqdorlardagi haq evaziga taqdim etiladi.

Avvalroq, Yurtimizda fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi yaratilgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga