Huawei 1
Iqtisodiy konsentratsiyaga doir monopoliyaga qarshi talablarning buzilishi yuzasidan moliyaviy jarima qo'llanildi

O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni 26-moddasiga muvofiq iqtisodiy konsentratsiya hisoblangan bitim (harakat) tomonlarining biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi BHMning 250 ming baravari miqdoridan ortiq yoxud ularning aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi BHMning 500 ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lganda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish belgilangan.

Shunga qaramasdan, “Vivo Conformation” MCHJ tomonidan joriy yilning 24 sentyabr sanasida “Bek Max House” MCHJni qo‘shib olinishi natijasida qayta tashkil etilganligi maʼlum bo‘ldi, bunda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinmasdan bitim tuzilganganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holatlarga ko‘ra, qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasining maxsus komissiyasi tomonidan "Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablari buzilishi yuzasidan “Vivo Conformation” MCHJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.

Maʼlumot o‘rnida, maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon qo‘mitaning apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121418 | Инструменты