Huawei 1
Jamoat arbobi Kamola Mahmudova 48 yoshida vafot etdi

Londonda yashab, faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik mutaxassis, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Ozarbayjondagi vakilligi rahbari Kamola Mahmudova uzoq davom etgan saraton xastaligi tufayli 48 yoshida London shahrida vafot etdi.

Kamola Mahmudova 1976 yil Toshkentda tug‘ilgan. U Khan Academy, Ezgu Amal, Yashil Buxoro kabi bir qator ta’lim, ijtimoiy va xayriya loyihalarining tashabbuskori va faol ishtirokchisi edi.

U Clare universitetida biznes boshqaruvi bo‘yicha o‘qigan va hozirgacha Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Ozarbayjondagi rahbari bo‘lib kelayotgan edi. Kamola Mahmudova, shuningdek, bir qator xayriya tashkilotlari, jumladan, xususiy universitet, Buyuk Britaniyadagi Xalqaro muvofiqlik assotsiatsiyasi va ACAMS'ning Yevroosiyodagi bo‘limi asoschisi bo‘lgan. 2020 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev uni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlagan. “O‘zbekistonlik” filmining xorijda muvaffaqiyat qozongan o‘zbeklar haqidagi epizodlaridan biri Kamola Maxmudovaga bag‘ishlangan.

Marhuma Kamola Maxmudovaning dafn marosimi bugun, 27 sentyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92719 | Инструменты