Huawei 1
Jizzaxda Yandex Go xizmati ishga tushdi

Yandex Go Jizzax shahrida ish boshladi. 

Qayd etilishicha, yo‘l haqi minimal narxi 2500 so‘mdan boshlanadi. Masalan, Ko‘k bozordan viloyat hokimiyatigacha (taqriban 4,5 km) bo‘lgan yo‘l 3000 so‘m atrofida bo‘ladi.

Yandex Go ilovasi xaritalar, navigatsiya va buyurtmalarni taqsimlashning aqlli tizimi kabi Yandex texnologiyalaridan foydalanadi.

Ushbu xizmat Jizzaxdan tashqari O‘zbekistonning Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch, Xiva va Guliston kabi 14 shahrida ham mavjud.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92714 | Инструменты