Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi “Sputnik” hozirgi “Yo‘ldosh” massividagi 409 ta yog‘och uylar buzilishi ma’lum bo‘lgandi. Yog‘och uylar buzilishi va fuqarolarning yangi xonadonlar bilan ta’minlanishiga bosh-qosh bo‘layotgan Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Toshkent Invest kompaniyasi direktorining aytishicha, bunday talab bilan chiqayotganlarga ham imkon beriladi.
"O‘sha yerda yashab o‘rgangan bo‘lsa, ularga buzilishga tushmagan 9 qavatli “dom”lar bor. O‘sha joylardan ham imkoniyati bo‘lsa, taklif qilinishi belgilangan. Bu investorlar bilan birga ish olib borilayotgan jarayonda vujudga keladigan holat. Har bir holatni o‘rganishga tayyormiz", deydi Toshkent Invest kompaniyasi direktori Bahrom Shokirov.
Mas’ul shuningdek, aholini o‘ylantirayotgan savolga ham javob berdi.
"Bir xonali uyga bir xonali beriladi, albatta. Lekin biz uyi buzilayotgan fuqarolarga imkoniyat berib, hozir yashab, egallab turgan hududidan 20 foiz ko‘p hududga ega uyni tanlash imkoniyatini beramiz", dedi u.Alpha version: 0.9.1.19 build 112917 | Инструменты