Huawei 2
Konstitusiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi

Bugun, 22 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida OAV vakillari uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitalari tomonidan brifing o‘tkazildi.

Unda «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Palataga kiritilganligi haqida ma’lumot berildi.

Reglamentga asosan, qonun loyihasi bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi mas’ul qo‘mita sifatida belgilangan.

Mazkur Konstitusiyaviy qonun loyihasi Oliy Majlis Palatalari Kengashlari tomonidan tashkil etilgan Konstitusiyaviy komissiya takliflari asosida  tayyorlangan.

Taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 66 ta moddasini qamrab oladi. Bu o‘zgartish va qo‘shimchalar Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish Strategiyasida belgilangan vazifalardan, fuqarolar va jamoaviy takliflar hamda jahon konstitusiyaviy tajribasini chuqur va har tomonlama o‘rganish asosida shakllantirilgan.

Qonun loyihasida Konstitusiyaning amalda barcha bo‘limlariga tub o‘zgartishlar kiritish nazarda tutiladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ishtirokida o‘tkazilgan qo‘shma yig‘ilishda har tomonlama muhokama qilingan qonun loyihasi bo‘yicha fraksiyalardan asoslantirilgan takliflar olinishi ta’kidlandi. 

Shuningdek, ushbu qonun loyihasi Quyi palatadagi siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishlari hamda Qonunchilik palatasining yalpi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga