Huawei 1
Majburiy ijro byurosi Sud ijrochilarining xalqaro ittifoqi bilan hamkorlik qiladi

Prezidentning "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarori imzolandi.

Majburiy ijro byurosi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlardagi aʼzoligi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun masʼul bo‘lgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatiga kiritildi.

Byuro Sud ijrochilarining xalqaro ittifoqiga aʼzolik badallarini o‘z vaqtida to‘lash uchun masʼul bo‘ladi.

Shuningdek, Majburiy ijro byurosi rivojlantirish jamg‘armasi Kuzatuv kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, Byuro direktori, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i o‘rniga uning tarkibiga lavozimi bo‘yicha Bosh prokuraturaning Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112918 | Инструменты