Huawei 1
Mo‘ynoq tumanida 3 ming tup mevali daraxtlar ekiladi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi va Global ekologik fondning “Aral wetlands” qo‘shma loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi “Mo‘ynoq” o‘rmon xo‘jaligiga 3 ming tup mevali daraxt ko‘chatlari topshirildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan 2024 — 2028-yillarda Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha milliy dasturi  tasdiqlandi.

“Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzul yerlarida barqaror hayotni taʼminlashni qoʻllab-quvvatlaydigan asos sifatida koʻllar, suv-botqoq va qirgʻoqboʻyi hududlarini saqlash hamda boshqarish” (Aral wetlands) loyihasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, asosiy biologik xilma-xillik hududlari va asosiy ornitologik hududlar atrofidagi samarali landshaftlarning yer va suv resurslarini kompleks boshqarish bilan birgalikda tuproq degradatsiyasining oldini olish orqali Quyi Amudaryo va Orol dengizi havzalarida ekotizim  va hayot uchun vositalarning barqarorligini yaxshilashga qaratilgan.

Ta'kidlash joizki, Orol dengizining fojiali qurib ketishiga qaramay, uning havzasida beqaror gidrologik rejimlar taʼsiriga zaif boʻlsa-da, hanuzgacha oʻta muhim koʻllar, suvli-botqoqli yerlar va qirgʻoq ekotizimlari mavjud. Orolboʻyi dengizi mintaqasi koʻchmanchi qushlarning koʻp turlari uchun Shimoliy Yevropa va ularning Afrika va Osiyodagi qishlash joylari oʻrtasida juda muhim uchish yoʻlida joylashgan.

Moʻynoq oʻrmon xoʻjaligiga berilgan 3 ming tup mevali daraxt koʻchati Orolboʻyida bogʻlar maydonini kengaytirish imkonini beradi. Qayd etilishicha, bir necha yildan so‘ng daraxtlar o‘z mevasini bera boshlaydi va bu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, mintaqa faunasi vakillarining oziq-ovqat ta’minotini kengaytirish imkoni yaratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121200 | Инструменты