Mubashshir Ahmad Turkiyada ozodlikka chiqdi

O‘zbekistonlik islomshunos, "Azon Global" axborot tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad ozodlikka chiqdi. 

"2023 yilning 28 dekabri kuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Tursunov Alisher Ahmadovich (“Mubashshir Ahmad”) Turkiya politsiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilganligi va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilganligi xabar qilingan edi.

21-fevrali kuni vatandoshimiz deportatsiya markazidan oilasi bag‘riga qaytganini ma’lum qilamiz", — deb xabar berdi O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 28-dekabr kuni u Turkiya politsiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilgan va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120723 | Инструменты