Huawei 2
Mudofaa vazirligi: harbiy bazada zaharli kimyoviy va radiaktiv moddalar yo‘q

2021-yil 19-yanvar kuni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp O‘zbekistonning Qarshi-Xonobod bazasida xizmat qilgan amerikalik barcha faxriy harbiylarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida farmon imzolagan. Ma’lumotlarda ushbu hudud kimyoviy qurol qoldiqlari, qayta ishlangan uran va boshqa xavfli moddalar bilan zararlangani aytilgan.

Ushbu holatga Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Otabek Yo‘ldoshev javob berdi:

"Bu noto‘g‘ri ma’lumot. AQSH turgan bazada hech qanday yadroviy yoki kimyoviy vositalar yo‘q. Sababi, u yerda harbiy qism joylashgan. O‘sha atrofda aholi yashaydi. Biz ishchi guruh tuzib, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda o‘rganganmiz. U yerning nafaqat tuprog‘i va havosida, hech qayerida belgilangan me’yordan oshadigan ko‘rsatkichlar aniqlanmagan. Oxirgi 20 yil ichida o‘sha hududdan harbiy xizmatchilar o‘rtasida ham, faxriylar o‘rtasida ham onkologik kasalliklar aniqlanmagan". 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga