Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan X.A. Yangi Namangan tumani, “Guliston” MFY hududidagi avtomashinalar yuvish shoxobchasida fuqaro J.A.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 600 dona “FORIEC 1200” va “BAD 5000” nomli elektron tamaki mahsulotlarini 70,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121301 | Инструменты