Huawei 2
Namangandagi “To‘raqo‘rg‘on” IESga tabiiy gaz yetkazib berish tiklandi

Avvalroq, Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi favqulodda to‘xtatilgani haqida xabar qilgan edik.

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati mazkur issiqlik elektr stantsiyasiga tabiiy gaz yetkazib berishni tikladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar qildi.

Ma'lum qilinishicha, bugun, 17-avgust kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan biriga tegishli yer maydonida dala ishlari olib borilayotgan vaqtda “To‘raqo‘rg‘on” IES gaz taqsimlash stantsiyaga tabiiy gaz yetkazib beruvchi magistral gaz quvurining D-50 millimetrlik purkash moslamasiga shikast yetkazilgan. 

Natijada avariya holatini bartaraf etish uchun “To‘raqo‘rg‘on” IES gaz taqsimlash stantsiyasiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatilgandi.

Hozirda yuzaga kelgan nosozlik maxsus brigada tomonidan bartaraf etilib, To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirilib, elektr energiyasini uzata boshladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga