Huawei 1
Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig'imlardan ozod qilinadi

“Ta'lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-403-son, 22.11.2024) qabul qilindi.

Qaror bilan 2030 yil 1 yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari:

— barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig'imlardan ozod qilinadi;

— unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o'qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliq to'lamaydi.

Shuningdek, 2030 yil 1 yanvarga nodavlat maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarining quyidagi O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovar jihozlariga bojxona to'lovlari to'lanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'imlar bundan mustasno):

— zamonaviy o'quv va laboratoriya uskunalari;
— kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
— o'quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

️2025 yil 1 yanvardan boshlab:

— nodavlat ta'lim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” o'qituvchilar kirish vizalarini berish yo'lga qo'yiladi;

— davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yig'im miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112321 | Инструменты