Huawei 2
Nurmat Otabekov: Ovozimni o'xshatish muttahamlikdan boshqa narsa emas

Koronavirus pandemiyasi davrida ayrim ijtimoiy tarmoq va turli messenjerlarda o'z tasdig'ini topmagan hamda rasmiy manbalardan olinmagan ma'lumotlar tarqatilishi kuzatilmoqda.

Sanitariya-epidemiologik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'i o'rinbosari Nurmat Otabekovning Zangiota shifoxonasi haqida salbiy fikrlari aks etgan audio yuzasidan Nurmat Otabekov O'zA muxbiriga shunday dedi:

- Mazkur yig'ilishda, hatto ishtirok ham etmadim, - deydi Nurmat Otabekov.- Ovoz meniki emas. Ovozimni pandemiya davridagi chiqishlarim tufayli butun mamlakat aholisi deyarli tanib ulgurgan. Men hech qaysi shifokorni tanqid qilmadim. Ovozimni o'xshatib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish muttahamlikdan boshqa narsa emas. Zangiota shifoxonasiga kelsak, u yerdagi shart-sharoit bilan hali yaqindan tanishib ulgurmadim. 

Ammo aynan mazkur shifoxonada davolanib, shifo topayotgan bemorlar bilan suhbatlashganman. Hatto mendan aynan shu shifoxonada yotib davolanishda yordam berishim uchun amaliy yordam so'raganlar bor. Ish bor joyda kamchilik ham bo'ladi. Shifoxonada ham kamchiliklar bordir ehtimol, ammo men shaxsan tekshirib ko'rmaganman. Hozir gap meni nomimdan soxta audio chiqarib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan shaxslar haqida. Men OAV xodimlarining har qanday savoliga javob berishga, ular so'raganda shaxsan intervyu berishga tayyorman.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga