Huawei 1
O‘mon sultonligining Sohar International banki O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi

O‘mon sultonligining “Sohar International” banki O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

29-noyabr kuni bank vakillari hamda Markaziy bank rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda “Sohar International"ning O‘zbekiston bank bozoriga kirish rejalari hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Kompaniya vakillari bankning strategik qarashlarini taqdim etdilar.

Shuningdek, O‘mon tomoni O‘zbekiston bank tizimining yuqori investitsion salohiyatini ta’kidlab, mamlakat bozoriga kirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Markaziy bank moliya bozorini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va bank sohasiga xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121301 | Инструменты