Huawei 2
O‘zbekiston aholisida qancha mashina borligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan. Davlat statistika qo‘mitasi bu haqda ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 14,5 foizga ko‘p. So‘nggi 5 yilda aholiga tegishli bo‘lgan jami avtotransport vositalari soni quyidagicha:

- 2015 yilda — 2 109 185 ta;

- 2016 yilda — 2 191 231 ta;

- 2017 yilda — 2 273 419 ta;

- 2018 yilda — 2 440 276 ta;

- 2019 yilda — 2 580 133 ta;

- 2020 yilda — 2 955 295 ta.

Shuningdek, 2021 yilning yanvar–avgust oylarida 36 667 dona «Cobalt» ishlab chiqarilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga