9 oyda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar hajmi 190 trln so‘mni tashkil qilgan
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 190,0 trln so‘mni tashkil etgan.
Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investisiya va kreditlar 72,0 trln co‘m miqdorida qayd etildi.
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investisiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:
— Rossiya – 21 %;
— Xitoy – 19,9 %;
— Turkiya – 10,4 %;
— Germaniya – 6,5 %;
— Saudiya Arabistoni – 4,6 %;
— Italiya – 3 %;
— Kipr – 2,7 %;
— Shveysariya – 2,6 %;
— Buyuk Britaniya – 2,1 %;
— AQSH – 1,8 %.
Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda asosiy kapitalga investitsiyalar holati quyidagicha:
- Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar – 190,0 trln so‘m;
- Markazlashgan investitsiyalar – 26,1 trln so‘m;
- Markazlashmagan investitsiyalar – 163,9 trln so‘m;
- Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar – 72,0 trln so‘m;
- O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar – 8,3 trln so‘m;
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar – 63,7 trln so‘m.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31822 | Инструменты