O‘zbekistonda radioaktiv metallar bo‘yicha 41 ta kon hisobga olingani ma’lum bo‘ldi

Respublikada foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat balansida jami 2537 ta foydali qazilmalar konlari hisobga olingan. Bu haqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilyos Jumayev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hisobga olingan konlardan 1855 tasi – qurilish materiallari, 296 tasi – uglevodorodlar, 128 tasi – tog‘-kon xomashyosi, 92 tasi – qimmatbaho metallar, 61 tasi – tog‘-kimyo xomashyosi, 41 tasi – radioaktiv metallar, 31 ta – rangli toshlar, 20 tasi – rangli va kamyob metallar, 8 tasi – ko‘mir hamda yonuvchi slanetslar, 5 tasi qora metall konlaridan iborat.

Bugungi kunda 101 ta oltin va 3 ta kumush koni hisobga olingan bo‘lib, ushbu konlarning asosiy qismi Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari xomashyo bazasi sifatida berilgan.

10 ta mis koni hisobga olingan bo‘lib, uning asosiy zaxiralari Toshkent viloyatidagi Oliy Ziyo, Saricheku, Qizata konlariga to‘g‘ri keladi. 

Jizzax, Navoiy va Samarqand viloyatlarida 9 ta kon bo‘yicha volfram zaxiralari hisobga olingan hamda ularning ba’zilari o‘z vaqtida o‘zlashtirilgan. 

43 turdagi noruda foydali qazilmalarning 2085 ta ortiq konlari aniqlangan, hozirda ularning 86 foizidan ko‘prog‘i sanoatda o‘zlashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61000 | Инструменты