Huawei 1
"O‘zbekistonda rusiyzabon o‘quvchining kaltaklanishi bo‘yicha favqulodda vaziyat ko‘rib chiqilmoqda" — Mariya Lvova-Belova

Rossiya bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belova o‘zbekistonlik hamkasbi Surayyo Rahmonova bilan aloqada ekanini aytdi.

“Rus tilida so‘zlashuvchi o‘quvchining kaltaklanishi bilan bog‘liq vaziyat uning nazoratida. Hamkasb mamlakat Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rov yuborgan. Chilonzor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda”, deydi Lvovoy-Belova o‘zining Telegram kanalida.

Xalqaro jinoiy sud 2023-yil 17-mart kuni Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergandi. U Putin bilan birga Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilishda ayblanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92720 | Инструменты