Huawei 1
O‘zbekistonda totalizator o‘yinlariga pul tikishda limit qo‘yiladi

Qimor o‘yinlariga qaramlikni oldini olish uchun unda sarflash mumkin bo‘lgan pul limiti qo‘yiladi. Bu borada Hukumatning "Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. 

Hujjatga ko‘ra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan stavkalar va o‘yinlarning yagona davlat registri yuritiladi. Unda o‘yinchilar, cheklovlar, shuningdek, o‘yinlarda sarflash mumkin bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha limitlar hamda moliyaviy tranzaksiyalar yuritiladi.

Quyidagilar registr tashkil etish va boshqarishni asosiy maqsadi etib belgilandi:

- Internet tarmogidagi uyinlar, lotereyalar tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohasida pul aylanmalari ustidan nazorat hamda konsolidalitsiyalashgan hisobni taʼminlash;

- Internet tamoog‘idagi o‘yinlar, lotoreya va bukmekerlik tashkilotchisi bilan manfatlar to‘qnashuvi holatlarida o‘yinchining manfaatlarini himoya qilish;

=- O‘yin qaramligiga qarshi kurashish va uning oldini olish.

Internet tarmog‘idagi o‘yinlar, lotareya tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun 5 yil muddatga namunaviy litsenziya beriladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121317 | Инструменты