26-dekabr kuni “Xavfli kimyoviy moddalarni ishonchli boshqarish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha grant shartnomasi imzolandi.
Uch tomonlama hujjatni Ekologiya vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va FAOning O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov imzoladi.
“Ushbu loyiha yashil iqtisodiyotga oʻtishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yirik dasturning bir qismi boʻlib, dasturga 10 million yevrodan ortiq mablagʻ ajratilgan. Loyihaning qiymati o'zi esa deyarli 4 million yevroga teng. Maqsad Ekologiya vazirligining bu boradagi imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, xavfli kimyoviy moddalar va chiqindilar sohasida muvofiqlashtirishni yaxshilashdan iborat.
O‘zbekistonda bu boradagi ishlarni yaxshilashga ehtiyoj va xohish bor. Bu potentsial BMTning bir qancha konvensiyalari bilan bog'liq. Bu bilan mamlakat yashil taraqqiyotga o'tish sari olg'a intilish istagini namoyon etdi. Shuning uchun biz bu intilishni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz va bundan xursandmiz”, — dedi Sharlotta Adrian.
Loyiha Ekologiya vazirligi tomonidan FAO bilan birgalikda 2023–2027-yillar oralig‘ida Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi. U tugallangandan soʻng, xavfli kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish sohasida mamlakatning institutsional salohiyati oshishi kutilmoqda, bu esa xavfli chiqindilar boʻyicha yanada yaxshi maʼlumotlar bazasini shakllantirish imkonini beradi.
Shuningdek, chiqindilarni boshqarish bo'yicha Milliy strategiyani ishlab chiqish va tegishli standartlarga ega xavfli chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini bosqichma-bosqich yaratishga o'tish uchun zamin yaratadi.
“Bu mavzu Oʻzbekiston uchun juda dolzarb, chunki qishloq xoʻjaligi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 27 foizini tashkil qiladi. Yaxshi hosil olish maqsadida Oʻzbekistonda kimyoviy moddalar, pestitsidlardan oʻrtacha foydalanish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha faol ish olib borilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi Ekologiya vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi, fermerlar va boshqa manfaatdor shaxslarning ushbu sohadagi ko'nikmalarini rivojlantirishdir. Albatta, loyihaning amalga oshirilishi BMTning 4 ta konvensiyasidagi majburiyatlarning bajarilishidir”, — dedi Sherzod Umarov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22804 | Инструменты