Huawei 1
“O‘zsuvta’minot” AJ va Shveysariyaning Iqtisodiy masalalar bo‘yicha Davlat kotibiyati o‘rtasida 8,8 mln dollarlik kelishuvga erishildi

“O‘zsuvta’minot” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari X. Raxmatullayev joriy yil 25 - 26-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan OIIB Boshqaruvchilar kengashining to‘qqizinchi, yillik yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

Xabar berilganidek, mazkur nufuzli yig‘ilishda Osiyo va dunyoning boshqa mintaqalarida infratuzilmani rivojlantirishning strategik dasturlari va rejalari hamda OIIB bilan amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari hamda ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilinmoqda.

Jumladan, tadbir doirasida OIIB ishtirokidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik va oqova suv tizimini yaxshilash va modernizatsiya qilish” loyihalarini amalga oshirilishi hamda ularning ijtimoiy ahamiyati muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ va Shveysariyaning Iqtisodiy masalalar bo‘yicha Davlat kotibiyati o‘rtasida 8,8 mln dollar miqdorida grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi va Anglashuv memorandumi imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92719 | Инструменты