Huawei 2
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 80-moddasi 3-bandi va “O‘zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq Oybek A’zamjonovich Barakabayev va Doniyorjon Muxamatjonovich Tojiboyevni o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, Oliy sudning ayrim sudyalari boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimlaridan ozod etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga