Huawei 2
Oqqo'rg'on tumanidagi bog‘chada bolalarga taqsimlanishi kerak bo‘lgan go‘sht berilmayotgani aniqlandi

Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on tumanidagi 8-MTMning oshxonasida taomga qo'shilishi kerak bo'lgan go'sht mahsuloti alohida qilib olib qolinganligi aks etgan videolar tarqalgan edi.

Uzreport muxbiri ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Maktabgacha ta'lim vazirligi Matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva bilan bog'landi. Ma'lum qilinishicha, haqiqatdan ham bu voqea 8-MTMda bo'lgan va bu bo'yicha hozir ishchi guruh tekshiruv olib bormoqda.

Uning so'zlariga ko'ra, ushbu MTMda ishlovchi oshpazlar va farrosh o'rtasidagi kelishmovchilik videotasvir tarqalishiga sabab bo'lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni shu bog‘cha farroshi tasvirga olgani ma'lum qilindi.  

Videoga ko'ra, idish ichidagi alohida go'sht mahsuloti qaynatib olib qo'yilgan. Me'yorga ko'ra, bolalarga 13 kg go'sht berilishi kerak bo'lgan. Biroq, uning 10 kg gina taqsimlangan. Qolgan qismi olib qolingan.

Shu o'rinda, hatto, vazirlikni ham bir savol qiynamoqda. Taqsimlangan shu 10 kg go'sht ham bolalarga yetib borganmi, yoki yo'q?
Hozirda Maktabgacha ta'lim vazirligining ichki audit xizmati bu bo'yicha tahlillar olib borayotganini ma'lum qildi.

Tekshiruv natijalari 1-2 hafta davomida ma'lum qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga