Huawei 2
O'zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar 6 mln dozadan oshdi

23 iyunda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 184 622 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 129 310 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 34 288 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 21 024 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 6 129 752 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 3 909 019 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 1 606 771 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 613 962 nafarni tashkil qildi.

23 iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
Farg‘ona viloyati (29 157 doza),
Namangan viloyati (24 513 doza),
Andijon viloyati (19 561 doza),
band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
Namangan viloyatida 813 847 doza,
Farg‘ona viloyatida 791 110 doza,
Andijon viloyatida 683 196 doza,
Samarqand viloyatida 574 028 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga