Huawei
Qarshida 70.000.000 so'm pulni o'g'irlik yo'li bilan qo'lga kiritgan shaxs ushlandi

Qarshi shahrida 70.000.000 so'm pulni o'g'irlik yo'li bilan qo'lga kiritgan shaxs qo'lga olindi. Bu haqda IIV rasmiy bayonot berdi. 

Ma'lum bo'lishicha, Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIBga 2021 yil 03 sentyabr kuni xabar kelib tushgan. 

Unga ko'ra, shu kuni soat 13:00larda noma'lum shaxs Qarshi shahar «Mahallot» MFY hududidagi «Mahallot» jome' masjidiga namoz o'qish uchun kelgan, Qarshi shahar «Komilon» MFYda yashovchi Elbekning «Neksiya-3» rusumli avtomashinasi salonidan 70 000 000 so'm pulni o'g'irlik yo'li bilan qo'lga kiritgani ma'lum qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur o'g'irlik jinoyatini Qarshi shahar «Komilon» MFYda yashovchi muqaddam sudlangan Xikmatillo sodir etganligi aniqlanib, undan ashyoviy dalil tariqasida 67.300.00 so'm pullar hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB TB tomonidan Xikmatilloga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo'llanilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Комментарии: 0
Вы не авторизованы
Добавить комментарии без регистрации

Вверх