Huawei 2
Respublikamizning barcha hududlarida "Multibrand" do'konlari ochiladi

2021-yil 8-fevral kuni Prezidentimizning “Charm-poyabzal va mo'ynachilik sohalarini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori e'lon qilindi.


Mazkur qaror mamlakatimizda yuqori sifatli charm, poyabzal, charm-attorlik mahsulotlari, shuningdek, mo'yna va jundan yuqori qo'shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish maqasadida ishlab chiqilgan. Unga asosan sohada kichik va o'rta biznesni rivojlantirish orqali yangi ish o'rinlarini yaratish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni rag'batlantirish ko'zda tutilgan.


Qarorga muvofiq, Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi tomonidan tegishli tijorat banklari uchun 3 yillik imtiyozli davrni o'z ichiga olgan holda 7 yil muddatgacha, yillik 4 foiz stavkasi shartlarida kredit liniyalari ochiladi. Kreditlar tadbirkorlik sub'ektlariga zamonaviy yangi uskuna va texnologiyalarni xarid qilish uchun 2 yillik imtiyozli davrni o'z ichiga olgan holda 7 yil muddatgacha, yillik 6 foiz stavkasida ajratiladi.


Shuningdek hujjat bilan 2023-yil 1-yanvarga qadar O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo'llaniladigan xomashyo, materiallar va furnituralar ro'yxati tasdiqlanmoqda.


Hujjat asosida “Oybek-avtoyo'l” (Toshkent viloyati) va “Sariosiyo-avtoyo'l” (Surxondaryo viloyati) chegara o'tkazish punktlaridan qo'shni davlat chegarasigacha bo'lgan joylarda eksperiment tariqasida mahalliy tayyor mahsulotlar savdosiga ixtisoslashtirilgan savdo nuqtalarini tashkil etish belgilanmoqda.
“O'zcharmsanoat”, “O'zto'qimachiliksanoat”, “O'zbekipaksanoat”, “O'zeltexsanoat” va boshqa uyushmalari esa tashkil etiladigan savdo nuqtalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning sifatli mahalliy mahsulotlari bilan ta'minlaydi.


Shuningdek, qarorga ko'ra, “O'zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan respublika hududlarida va xorijiy davlatlarda mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan charm mahsulotlari savdosiga ixtisoslashtirilgan “Multibrand” do'konlari tashkil etish va uning elektron savdo platformasini yaratiladi.


Hujjatga muvofiq, “O'zstandart” agentligi:


ikki oy muddatda charm, poyabzal, charm-attorlik mahsulotlari, jun va mo'ynadan tayyorlangan buyumlarga ularni sinovdan o'tkazish usullariga talablarni belgilovchi standartlar bo'yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o'tkazadi va xalqaro me'yorlarni hisobga olgan holda ularni qayta ko'rib chiqib, amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;


2021-yil 1-martgacha  charm, poyabzal, charm-attorlik mahsulotlari, jun va mo'ynadan tayyorlangan buyumlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning ehtiyojidan kelib chiqib, sohaga tegishli bo'lgan sinash bo'yicha xalqaro, mintaqaviy va xorijiy davlatlarning standartlarini asli yozilgan tillarda qabul qilish choralarini ko'radi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga