Huawei 1
Rossiyalik bloger O‘zbekiston poyezdida fevral oyi oxirida harakatlanganda juda issiq bo‘lganligi aytdi

Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik bloger O‘zbekiston yo‘lovchi poyezdlarida fevral oyi oxirida harakatlanganda poyezdlar juda issiq bo‘lganligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan “O‘ztemiryo’lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2024-yilning fevral oyi oxirida havo harorati oy boshiga nisbatan ancha sovuq bo‘lgan. Ya’ni kunduzi +3C daraja, kechasi -7C darajada harorat kuzatilgan.

"Temiryo‘l transportida yo‘lovchi tashish sanitar qoidalari va normalariga muvofiq, yo‘lovchi poyezd harakati vaqtida vagonlarda eng yuqori harorat +22C dan oshmasligi (+/-2) va eng pastki harorat +15C dan tushmasligi lozim.

Poyezdlarda yosh bolalar va qariyalar ham uzoq yo‘lga harakatlanishini hisobga olgan holda vagonlarda harorat qishki mavsumda issiq holatda saqlanadi", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100722 | Инструменты