Huawei 1
Samarqandda topilgan dahma va qabrtosh «milliy ro‘yxat»ga kiritilishi mumkin

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Qayrag‘och qishlog‘ida joylashgan «Ko‘ktosh» qabristoni hududidan qadimiy 2 ta dahma hamda 1 ta qabrtosh topildi.

Topilmalar Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

Qayd etilishicha,qabristoni hududidan topilgan qadimiy daxma hamda qabrtoshlar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi «Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 846-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Milliy ro‘yxatida qayd etilmagan.

«O‘rganishlar davomida topilgan noyob toshlar o‘rta asrlarga oid ekanligi aniqlandi. Ushbu topilmalarni tarixiy ahamiyatini aniqlash maqsadida Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.

Shuningdek, Pastdarg‘om tumani hokimligining 2024-yil 11-sentyabrdagi 26-2712-sonli xatiga asosan, 2 ta qadimiy daxma hamda 1 ta qabrtoshni Milliy ro‘yxatga kiritish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, davlat muhofazasiga olish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112919 | Инструменты