Huawei 2
Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qish sentabr oyining oxirida boshlanadi

Joriy yil 15-16 sentabr kunlari Samarqand katta siyosiy-ijtimoiy jarayon - SHHT ning navbatdagi sammitida mezbonlik qilishi haqida xabar bergan edik.

Shu munosabat bilan Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari boshqa viloyat OTMlaridan istisno tarzida o‘qishni sentabr oyining oxirlaridan (aytishlaricha 22 yoki 26 sentyabrdan) boshlaydi, deya xabar bermoqda DTM.

Shuningdek, joriy yil Samarqanddagi oliygohlarga o‘qishga o‘tadigan abituriyentlar ham sentabr oyining oxirida o‘qishini boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin barcha ta'lim tashkilotlarida o'qish 5-sentabrdan boshlanishi haqida xabar bergan edik


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga