Huawei 1
Silk Avia milliy kompaniyasining birinchi samolyoti Bangkokdan Toshkentga uchdi

17-mart kuni soat 23:07da (Toshkent vaqti bilan 18-mart 04:07da) mintaqaviy Silk Avia milliy aviakompaniyasining birinchi samolyoti Bangkokdan Toshkentga uchdi. Bu haqda Uzbekistan Airways Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyot texnik holati jihatdan koʻrikdan oʻtdi va to'liq boʻyaldi, sinov parvozlarini amalga oshirdi hamda eksport sertifikatiga ega boʻldi. ATR 72-600 samolyotining maksimal uchish balandligi (7600 m) va masofasi (1500 km) hisobga olinsa, samolyot Bangkokdan Toshkentga kelguncha Singapur, Hindiston, Ummon, Misr, Kipr va Ozarbayjonda oltita texnik toʻxtashni amalga oshiradi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Silk Avia aviakompaniyasining birinchi samolyoti Toshkentga 21-mart kuni qo‘nadi.

“Shu kungacha ulkan ishlar amalga oshirildi, mos samolyotlarni topishdan tortib, ularni sotib olish va barcha kerakli hujjatlarni to‘ldirishgacha. Birinchi reyslar yo'lga qo'yilishiga oz qoldi. O‘zbekiston xalqiga Navro‘z bayramiga shunday muhim sovg‘a qilishimizdan juda mamnunmiz”, - dedi “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi Ra’no Djurayeva.

Qayd etilishicha, yo‘lovchi sig‘imi 70 kishilik ATR 72-600 samolyoti dunyodagi eng mashhur qisqa masofaga uchuvchi samolyotlardan biri hisoblanadi. Airbus A320ga nisbatan to'rt baravar kam yoqilg'i sarflaydigan xavfsiz va tejamkor, arzon samolyot yo'lovchilarga hamyonbop narxda ishonchlilik va qulaylikni taqdim etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72008 | Инструменты