Chiqindilar ekologiyaga jiddiy salbiy taʼsir ko‘rsatishidan tashqari, inson salomatligi uchun katta xavf tug‘diradi. Aniq aytadigan bo‘lsak, zararli hasharotlar ko‘payib, yuqumli kasalliklarga chalinish holatlari ortadi va insonlarda o‘pka saratoni hamda nafas olish nuqsonlari paydo bo‘ladi.
Shu sababli barcha davlatlarda maxsus pologinlar tashkil etilgan bo‘lib, chiqindilar u yerga olib borilib, mumkin bo‘lsa, qayta ishlanadi, qolganlari esa yo‘qotiladi. Bizda ham umumiy manzara aslida shunday.
Lekin, ming afsuski, baʼzi hududlarda noqonuniy chiqindixonalar ko‘payib bormoqda.
“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan ekologiya yo‘nalishida o‘tkazilgan bu yilgi kosmik monitoring davomida mamlakatimiz bo‘yicha 720 gektardan ziyod maydonni egallagan 1 ming 928 ta noqonuniy chiqindixona borligi aniqlangan.
Misol tariqasida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida 243 ta, Xorazm viloyatida 168 ta, Buxoro viloyatida 92 ta noqonuniy chiqindi poligonlari aniqlanganini keltirish mumkin. Bunday poligonlar boshqa hududlarda ham mavjud.
Noqonuniy chiqindi poligonlari inson salomatligi uchun xavf solar ekan, ularga huquqiy baho berish ayni muddaodir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122018 | Инструменты