Huawei 1
Surxondaryoda avtohalokat ortidan 2 mingga yaqin xonadon gazsiz qoldi

Surxondaryo viloyati hamda Toshkent viloyatida avtomobil gaz quvuriga urilishi va qurilish jarayonidagi e’tiborsizlik sabab 1 915 ta va 15 198 ta xonadon gaz ta’minotidan uzildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Surxondaryoda joriy yilning 24 sentyabr kuni soat 21:40 da Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va Muzrabot tumani Darband mahallasi hududidagi diametri D-219 mm bo‘lgan gaz quvuriga kelib urilgan. Oqibatda quvurdan gaz sizib chiqishni boshlagan. Mazkur avariya holatini bartaraf etish maqsadida tumandagi ayrim iste’molchilar (1 915 ta xonadon)ga tabiiy gaz yetkazib berilishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Ushbu nosozlikni bartaraf qilish uchun hududga maxsus brigada jalb etilib, avariya oqibatlari 25 sentyabr kuni soat 18:11 da to‘liq bartaraf qilingan va iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish jarayoni bosqichma-bosqich tiklangan.

Shuningdek, 25 sentyabr kuni soat taxminan 14:30 lar atrofida Toshkent viloyati Piskent tumanining “Baxt” uchastkasi hududida qurilish ishlarini olib borayotgan ekskavator haydovchisining e’tiborsizligi oqibatida yer ostidagi yuqori bosimli D-325 mm gaz tarmog‘iga qattiq shikast yetkazilgan. Oqibatda quvurdan gaz sizib chiqish holati kuzatilgan. Avariyani bartaraf etish maqsadida tumandagi ayrim iste’molchilar (15 198 ta aholi xonadoni hamda 320 ta ulgurji iste’molchi)ga tabiiy gaz yetkazib berilishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Ushbu nosozlikni bartaraf qilish uchun hududga maxsus brigada jalb etilgan va avariya oqibatlari 26 sentyabr kuni soat 10:15 da to‘liq bartaraf qilinib, iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish jarayoni bosqichma-bosqich tiklangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92716 | Инструменты