Huawei 1
Termizdan saljuqiylar oltin dinori topildi

Termiz tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi Ulkan Eraliev bog‘ni sug‘orish chog‘ida yerdan og‘irligi 1,92 grammlik oltin dinor topildi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, fuqaro Termiz arxeologiya muzeyiga murojaat qilgandan so'ng, muzey va viloyat madaniy meros boshqarmasi xodimlaridan iborat guruh topilma aniqlangan joyga borib, qazilma maydonini dastlabki  ish jarayonin olib borgan. Ulkan Eraliev qimmatbaho topilmani belgilangan tartibda Termiz arxeologiya muzeyiga topshirgan, shundan so‘ng unga amaldagi qoidalarda belgilangan haq to‘lab berilgan.

Muzey direktori boshchiligidagi muzey mutaxassislari va numizmatlari qimmatbaho topilmani dastlabki ekspertizadan o'tkazishdi. Shuningdek, Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid kulolchilik buyumlari parchalari ham topilgan.

“Oltin dinorning old tomonida muzey numizmati doktoranti Mansur Normoʻminov “Alloh” va “Muhammad” soʻzlarini, shuningdek, arab alifbosining ayrim harflarini oʻqishga muvaffaq boʻldi.  Tanganing orqa tomonidagi matn deyarli o‘chib ketgan.  Shikastlangan, lekin yaxshi saqlanib qolgan tanga – oltin dinorning og‘irligi 1,92 grammni tashkil qilgan.  Ma’lumki, musulmon mamlakatlarida tilla tangalar “dinor”,   kumush tangalar “dirham” deb atalar edi, – deydi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Tursunali Kuziev.

Ma'lumot uchun, Termiz oʻzining strategik joylashuvi tufayli imperiyalar oʻrtasida tez-tez tortishuvlar va urushlar obʼyektiga aylangan.  10-asrning 2-yarmida shahar qoraxoniylar va gʻaznaviylar oʻrtasidagi qonli toʻqnashuvlar joyiga aylandi.  Bu hukmdorlar bir-birlari bilan boʻlgan urushda allaqachon qattiq holdan toyganidan foydalangan saljuqiy shahzodalar Toʻgʻrulbek va Chagʻrilbek Termiz va uning atrofini egallab oladilar. Bu yil Termiz arxeologiya muzeyi ochilganiga 20 yil to‘ladi.  20 yil davomida bu muzeyda birorta ham tilla tanga bo‘lmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92706 | Инструменты