Qiziqarli jihati esa bir yil davomida poytaxtdagi 584 ta mahalladan 157 tasida umuman jinoyat sodir etilmagan
2022-yil davomida poytaxt hududida “Toshkent tajribasi” asosida, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda qator profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
Natijada, poytaxt hududida sodir etilgan jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan 10,8 foizga kamayishga erishildi.
Shu jumladan, qasddan odam o‘ldirish 18 foizga, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 23,6 foizga, nomusga tegish 12,2 foizga, bosqinchilik 25,4 foizga va talonchilik 35 foizga kamaygan.
Toshkent shahridagi 584 ta mahallalardan 157 tasida umuman jinoyat sodir etilmasligiga erishildi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida:
– 2020-yilda axborot texnologiyalari sohasida qayd etilgan jinoyatlar 106 tani tashkil etgan bo‘lsa,
– 2021-yilda bu turdagi jinoyatlar 2 281 tani,
– 2022-yilda esa ikki baravarga ko‘payib 4 332 tani tashkil etdi.
O‘tgan 2022-yilda sodir etilgan jinoyatlarni 2020-yil bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, 4 226 ta yoki 40 baravarga ko‘payganligini ko‘rishimiz mumkin.
Shundan, 2 747 tasi kibero‘g‘irlik, 625 tasi kiberfiribgarlik va 874 tasi axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan giyohvandlik jinoyatlari hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51407 | Инструменты