Huawei 2
Toshkent viloyati IIBBda lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIBB Axborot xizmati xabar qildi.

Polkovnik Ziyod Galibovich Iminov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Iminov Toshkent viloyati IIBB uchinchi mintaqaviy hudud Oqqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘ining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Mirzohid Saidahmadovich Qoldiboyev Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bunga qadar Qoldiboyev IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi murojaatlar bilan ishlash guruhi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Sa’dulla Mirag‘lamovich Mirto‘layev Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Probatsiya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Mirto‘layev Toshkent viloyati IIBB Birinchi mintaqaviy hudud Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Ravshanjon Mehmonqo‘ziyevich Jo‘rayev Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Moliya va moddiy texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Jo‘rayev Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga