Huawei 1
Toshkent viloyati "Yallama" chegara bojxona postida 20 kg "geroin" fosh etildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda “Yallama” chegara bojxona posti orqali respublikamizdan chiqib ketayotgan fuqaro S.S. boshqaruvidagi "Mersedes-Bens" yuk avtotransport vositasini inspeksion ko‘rik majmuasi orqali ko‘zdan kechirishdi.

Skaner tasvirlari tahlil qilinganda, yukxonaning tag qismida shubhali obyektlar borligini ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, avtotransport vositasi chuqurlashtirilgan bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi va yukxonaning tag qismi ochib ko‘rilganida esa uning ichidagi xufiya bo‘lmalarga 36 dona usti skotch bilan o‘ralgan o‘ramlar borligi fosh bo‘ldi.

Natijada o‘ramlarda dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra salkam 20 kg. og‘irlikdagi "geroin" giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72010 | Инструменты