Joriy yilning 4 sentyabr kuni soat taxminan 16:00 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan yo‘lda haydovchi 1996 yilda tug‘ilgan O.Sh. boshqaruvidagi Jetour‘da rul boshqaruvini yo‘qotib, uhlab qolishi sabab boshqaruvni yo‘qotgan.
Oqibatda, Chirchiq daryosidan sunʼiy ravishda ajralib chiqqan yo‘l yoqasida joylashgan panjara bilan to‘silgan kanalga tushib ketgan. Haydovchi suvga tushgan vaqtda avtoulovdan chiqib olgan.
Hodisa vaqtida transport vositasida haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmagan.
Ushbu hodisa natijasida hech qaysi harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Hozirda holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91800 | Инструменты