Huawei 1
Toshkent viloyatida nashida tarqatganlikda ayblangan talaba yigitning advokati murojaat bilan chiqdi

Oliy sud Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi, 21 yoshli U.J.ga Telegram guruhda diniy mazmundagi nashida tarqatgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani haqida xabar bergandi. Talabaning advokati murojaat bilan chiqdi

Unga ko‘ra, himoya sud hukmi bilan butunlay kelishmaydi. U.J.ning harakatlarida qonun chiqaruvchi belgilaganidek, Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismida “g” bandida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjudligi ko‘rinmayapti.

Ayni paytda Jahongirga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tuman sudining 2023-yil 8-maydagi hukmiga appelyatsiya shikoyati berilgan.

“Shu o‘rinda, TikTok ijtimoiy tarmog‘idagi yoshlar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan chellenjlar esa uning ziyoniga ishlashi mumkinligidan kelib chiqib, chellenjni ommalashtirayotgan yoshlarni buni to‘xtatishga chaqiramiz”, - deya murojaat qilgan advokat.

Eslatib o'tamiz, yigitning qamoqqa olingani jamoatchilik faollari tomonidan ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lganidan keyin, Toshkent viloyati IIBB yigit diniy materiallar mazmunini to‘liq anglagan holda tarqatganini, bunday harakat O‘zbekiston hududida jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ijtimoiy xavfli qilmish sifatida baholanib, tergov idoralari tomonidan uning harakatlari to‘g‘ri malakalanganini bildirgandi.

Shuningdek, talabaning onasi prezidentga va Oliy sudga murojaat yo‘llagandi

"Bolam yordam so'rab, kechirim so'radi, bilmagan ekanman deb. Iltimos, bizga yordam beringlar. Oyinayi jahon orqali adolat haqida ko'p gapiriladi, agar rostan adolat bo'lsa, prezidentdan, IIO xodimlaridan yordam so'rayman. Bu imkoniyat faqat o'g'lim uchun emas, men uchun ham bo'ladi", - degan edi yigitning onasi.

Ma'lumot uchun, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekistonda ekstremizm va terrorizmga oid deb topilgan kanal, guruh, nashida va materiallar ro‘yxatini e’lon qilgandi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51407 | Инструменты